Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tulada O‘zbekiston fuqarosi ikki insonning umriga zomin bo‘ldi
Rossiyaning Tula viloyatida politsiya 2017 yilning 25 oktabr kuni Kimovsk shahrida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Avtohalokatda ikki erkak kishi halok bo‘lgan. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, 31 yoshli haydovchi – O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi mast holatda boshqargan «Mitsubisi Karizma» avtomobili Oktyabrskaya ko‘chasidan harakatlangan. Uylardan birining yonida erkak Man-tgs avtomobili tirkamasiga kelib urilgan. Tirkamada o‘ziyurar kichik transport vositasi bo‘lgan. O‘zbekiston fuqarosi avtomobili tirkamaning ustiga chiqib ketgan hamda Lenin tumanida yashagan 58 yoshli erkakka kelib urilgan (kichik transport vositasi haydovchisi). Bundan tashqari, «Man» haydovchisi, Shchekino shahrida istiqomat qilgan 44 yoshli erkak hodisa joyida bo‘lgan.
YTH oqibatida har ikki erkak olingan jarohatlar tufayli voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.
«Mitsubisi Karizma» haydovchisi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Ish bo‘yicha surishtiruv viloyat prokuraturasi nazoratida turibdi.
Mavzuga oid
14:06 / 11.06.2026
Qamchiq dovonida avtomobil jarlikka tushib ketdi
14:02 / 09.06.2026
Qozog‘istonda YTHga uchragan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
13:47 / 09.06.2026
Navoiyda Tico yuk mashinasi yo‘liga chiqib ketdi
21:03 / 06.06.2026