O‘zbekiston | 10:00 / 27.10.2017
95007
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda kuchli shamol va havo harorati isishi kutilmoqda

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 27-28 oktabr kunlari O‘zbekistonda shamol tezligi 15-20 m/s.ga kuchayishi kutilmoqda, 29-31 oktabr kunlari esa issiq harorat kuzatiladi.

Toshkent shahri. 27 oktabr kuni havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kunduzi 23-25 daraja issiq bo‘ladi. 28 oktabr kuni kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi 10-12 daraja iliq, kunduzi 21-23 daraja issiq bo‘ladi. 29-30 oktabr kunlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 12-14 daraja iliq, kunduzi 27-29 daraja issiq bo‘ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 28 oktabr kuni kechqurun 7-12 daraja iliq, kunduzi 21-26 daraja issiq. 29-31 oktabr kunlari havo harorati kechqurun 10-15 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi. 
 
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 28 oktabr kuni kechqurun 5-10 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja issiq. 29-31 oktabr kunlari havo harorati kechqurun 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi. 
 
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 28 oktabr kuni kechqurun 7-12 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq. 29-31 oktabr kunlari havo harorati kechqurun 10-15 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.
 
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini g‘arbga o‘zgartirib 7-12 m/s, ba'zan esa 15-20 m/s. tezlikka yetadi. 28 oktabr kuni kechqurun 7-12 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq. 29-31 oktabr kunlari havo harorati kechqurun 12-17 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.
 
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini g‘arbga o‘zgartirib 7-12 m/s, ba'zan esa 15-20 m/s. tezlikka yetadi. 28 oktabr kuni kechqurun 5-10 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq. 29-31 oktabr kunlari havo harorati kechqurun 7-12 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.
 
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, 28 oktabr kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin, havo harorati kechqurun 2-7 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi. 29-31 oktabr kunlari kechqurun 5-10 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja issiq bo‘ladi.

Mavzuga oid