Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon quyosh energetikasi umumiy quvvati joriy yilda 30 foizga oshadi
Germaniyaning Bernreuter Research tahliliy kompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yil oxirigacha dunyoda quyosh qurilmalarining umumiy quvvati 100 GVtga yetadi. Bunda katta rolni Xitoy o‘ynadi, u quyosh elektr stansiyalari qurilishida yetakchi o‘rinni egalladi. Xitoyda bunday stansiyalarning umumiy quvvati 52 GVtga yetdi. Undan keyingi o‘rinlarda ancha farq bilan AQSh (12,5 GVt), Hindiston (9 GVt), Yaponiya (5,8 GVt), Germaniya (2,2 GVt) va Braziliya (1,3 GVt) kelmoqda. Avstraliya, Chili, Turkiya va Janubiy Koreyaning bu boradagi hissasi ancha kichikdir.
2017 yilda quyosh qurilmalarining quvvati 30 foizga oshadi. O‘tgan yil bu ko‘rsatkich 74 GVtni tashkil qilgan. Quyosh energiyasiga qiziqishning bunday ortishi quyosh panellari narxining pasayishi sababli yuz bermoqda. Ayni vaqtda polikremniy narxi bir kilogrammi uchun 16,6 dollarni tashkil qiladi, yaqinda 14-15 dollargacha tushishi mumkin. Biroq Xitoy Janubiy Koreyadan importga boj to‘lovlarini oshirishga qaror qilsa, narxlar yana oshishi mumkin.
Hindistonda esa mamlakatdagi barcha uy xo‘jaliklarini 2018 yil oxirigacha elektrlashtirishga imkon beruvchi 16 mlrd rupiylik dastur boshlangan. U 40 mln oilani qamrab oladi.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
09:56 / 16.06.2026