Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barak Obamani o‘ldirmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi AQShda 15 yilga qamaldi
Nyu York sudi O‘zbekiston fuqarosi Abdurasul Jo‘raboyevni IShID terrorchilik tashkilotini qo‘llab-quvvatlagani va tashkilotga a'zo bo‘lish niyatida bo‘lgani uchun 15 yillik qamoq jazosiga mahkum etdi. Bu haqda AQSh adliya vazirligi saytida ma'lum qilinmoqda.
Vazirlik xabariga ko‘ra, Nyu Yorkning Bruklin tumanida istiqomat qiluvchi Jo‘raboyev 2014 yildayoq guruh saytlaridan birida xudkush bo‘lish istagini bildirib, prezident Barak Obamani o‘ldirish niyatini izhor qilgan.
«Ayblanuvchi IShID nomidan zo‘ravonlik qilishga aniq qasd qilgan va AQSh hududi hamda tashqarisida faoliyat yuritishga tayyor bo‘lgan», — deyiladi prokuror yordamchisining ayblov xulosasida.
Jo‘raboyev 2015 yili Jon Kennedi aeroportida ushlangan. U bu yerdan Turkiyaga uchib, ushbu mamlakat orqali Suriyadagi terrorchilar safiga qo‘shilish istagida bo‘lgan.
Mavzuga oid
23:14 / 04.03.2026
Minobdagi qirg‘in - urushning qonli ramzi
22:57 / 04.03.2026
Kongress roziligisiz harbiy operatsiya mumkinmi?
22:32 / 04.03.2026
Klintonlar Epshteyn ishi bo‘yicha ko‘rsatma berdi – tafsilotlar
20:51 / 04.03.2026