Jahon | 18:37 / 28.10.2017
15669
1 daqiqa o‘qiladi

Kataloniya yetakchisi bayonot berdi 

Foto: Reuters

Madrid farmoni bilan o‘z lavozimidan chetlatilgan Kataloniya yetakchisi Karles Puchdemon Ispaniyaning muxtoriyat maqomini olib qo‘yish hamda Kataloniyani to‘g‘ridan to‘g‘ri boshqaruv ostiga o‘tkazish bo‘yicha qaroriga qarshi «demokratik kurash» haqida ma'lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

«Aniqki, bizning yutuqlarimizni himoya qilishning eng yaxshi shakliga demokratik muxolifat, Ispaniya konstitutsiyasining 155-moddasiga qarshi kurash aylanadi», - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Puchdemonning qo‘shimcha qilishicha, ular Kataloniya hukumati va parlamentidagi o‘z lavozimlarida ishlashni davom ettirish niyatida. Bu Madridning farmoniga zid ravishda ro‘y beradi.

Shu bilan birga, Kataloniya yetakchisi ular «kuch qo‘llashga sabab bo‘lishni xohlamasliklari»ni qo‘shimcha qilgan.

 

Mavzuga oid