Jamiyat | 16:06 / 28.10.2017
26534
3 daqiqa o‘qiladi

Marg‘ilonda nega yo‘l haqi keskin oshdi?

Marg‘ilon shahrida qatnovda bo‘lgan 1-, 3- hamda 4-yo‘nalishdagi transport vositalarining yo‘l haqi 1 oktabrdan boshlab 50 foizga keskin oshib ketdi. Bundan norozi bo‘lgan aholi KUN.UZ muxbirlariga murojaat qildi. 

Murojaatni o‘rganishdan avval yoqilg‘i yoki benzinni narxi oshib ketgandir, deb AYoQSh va AGQShlariga tashrif buyurdik. Ayni kunlarda benzin narxi 2800 so‘m, metan gaz narxi esa 1450 so‘mni tashkil etadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, yoqilg‘i narxi oshmagan. 

Marg‘ilon shahar yo‘lovchi tashish transport ishini boshqarish bo‘limi rahbari Nurillo Abilov bilan suhbatda bo‘ldik.

Abilov suhbat davomida Farg‘ona viloyati hokimining 2015 yil 26-yanvarda shaharda yo‘lovchi tashish transporti xizmatlarining cheklangan tariflarni belgilash to‘g‘risida asosiy yoqilg‘i-moylash mahsulotlari narxlari va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar miqdori oshganligini inobatga olib, shahar yo‘lovchi tashish transportida yo‘lovchilar tashishning amalda shakllanayotgan xarajatlari qoplanishini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 08.09.1994 yildagi 455-sonli “Shaharda va shahar atrofida qatnaydigan yo‘lovchi tashish transporti xizmatining tariflari to‘g‘risida”gi qaroriga hamda “Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi Qonunining 12-, 16-moddalariga asosan 2015 yil 26-yanvardagi 38-sonli qaroriga asosan shahar yo‘lovchi tashish transporti xizmatining cheklangan tarifi 1 nafar yo‘lovchi uchun 600 so‘m miqdorida etib belgilanganligi, 2017 yilning shu kuniga qadar yo‘l haqi oshishi haqidagi qaror qabul qilinmaganligi, ayrim haydovchilar ayni kunda sun'iy ravishda yo‘l haqini o‘zboshimchalik bilan oshirib olganligini aytib o‘tdi.    

Yo‘lovchilardan tushayotgan e'tirozlarni inobatga olib, ertadan boshlab Marg‘ilon shahar DSI, Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati, IIB xodimlari bilan birgalikda qo‘shma tadbir o‘tkazilib, o‘zboshimchalik bilan yo‘l haqini oshirib olgan haydovchilarning litsenziyalari bekor qilinadi.

Ahror Ziyo, Farg‘ona  

Mavzuga oid