Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamoat transportida yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga qarshi reydlar kuchaytirildi
Joriy yilning 11 oyi davomida jamoat transportida 19,5 mingdan ortiq yo‘l haqini to‘lamaslik holati aniqlandi. Shu munosabat bilan Toshkent shahri jamoat transportida yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lashni ta’minlashga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda, yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga nisbatan jarima bayonnomasi rasmiylashtirish vakolati kengaytirildi.
Foto: Videodan kadr
“Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmatiga ko‘ra, joriy yilning 11 oyi mobaynida jamoat transportida 19 500 dan ortiq yo‘l haqini to‘lamaslik holati aniqlangan. Bu ko‘rsatkich jamoat transporti tizimida nazorat va intizomni yanada kuchaytirish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Shu munosabat bilan Toshkent shahrida jamoat transportida yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lashni ta’minlashga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Reydlar Transport nazorati inspeksiyasi hamda Toshkent shahar yo‘lovchi tashish faoliyatini monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi xodimlari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Endilikda Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi xodimlariga yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga nisbatan jarima bayonnomalarini rasmiylashtirish huquqi berildi. Bu o‘zgarish qonunbuzarliklarga tezkor munosabat bildirish va qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Axborot xizmatining ta’kidlashicha, jamoat transportida yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lash nafaqat qonun talabi, balki tizimning barqaror ishlashi va xizmat sifati yaxshilanishi uchun ham muhim omil hisoblanadi.
“Hurmatli yo‘lovchilar! Avtobuslarda yo‘l haqi to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirishni unutmang”, deya murojaat qilingan.
Mavzuga oid
13:55 / 20.03.2026
Toshkentda bayram kunlari jamoat transporti uchun maxsus jadval joriy etildi
14:27 / 17.03.2026
Toshkentda avtobuslarda yo‘l haqini to‘lamaganlar javobgarlikka tortilmoqda
23:15 / 14.03.2026
Avtobus uchun ajratilgan bo‘laklarda boshqa mashinalar yurmasligi uchun kameralar o‘rnatyapmiz - hokim o‘rinbosari
23:05 / 14.03.2026