Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga Kanada delegatsiyasi tashrif buyuradi
2017 yil 30-31 oktabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston va Kanada Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning oltinchi raundi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.
Ushbu tadbirda ishtirok etish uchun Kanada Tashqi ishlar, savdo va rivojlanish vazirligining Qutb oldi mintaqasi, Sharqiy Yevropa va Yevroosiyo masalalari bo‘yicha Byurosi bosh direktori Elison LeKlair boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Tashrif dasturiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida uchrashuvlar o‘tkazish kiritilgan.