Fan-texnika | 09:00 / 29.10.2017
15740
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyliklar 80 megapikselli kameraga ega smartfon yaratishganini e'lon qilishdi

Foto: Koobee

Xitoyning Koobee kompaniyasi qolgan smartfonlardan yuqori sifatli kamerasi bilan ajralib turuvchi F1 smartfonini yaratganini e'lon qildi. Kompaniyada ta'kidlanishicha, smartfon 80 megapikselli kamera bilan jihozlangan. Bunday kamera misli ko‘rilmagan yuqori sifatdagi suratlarni olishga imkon beradi. Smartfonning qolgan ko‘rsatkichlari zamonaviy smartfonlarniki kabidir: 1440 ga 720 nuqtaga ega 7-dyuymli IPS-ekran, 1,5 GGts takt chastotasiga ega 64 bitli protsessor, 4 Gb tezkor xotira va 64 Gb doimiy xotira.     

Foto: Koobee

E'tiborlisi, smartfonda aslida ikkita 16 megapikselli kamera o‘rnatilgan, 80 megapikselli sifatga esa maxsus dastur yordamida qayta ishlash orqali erishiladi. Mutaxassislarning fikricha, bunday yo‘l bilan suratlar sifatini sezilarli tarzda oshirib bo‘lmaydi, biroq foydalanuvchilar 270 dollar sarflab, buni tekshirib ko‘rish imkoniga egalar. Oane nashrining ma'lum qilishicha, Koobee F1 smartfonining narxi aynan shunchani tashkil qiladi va u bu bir necha kunlardan keyin sotuvga chiqariladi.

Foto: Koobee

 

Mavzuga oid