Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Lokomotiv» «Zenit» ustidan g‘alaba qozonib, chempionat peshqadamiga aylandi
Moskvaning «Lokomotiv» jamoasi «Zenit» darvozasiga uchta javobsiz gollarni yo‘llab, muhim ochkolarni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Rossiya futbol chempionatida 15-turdan so‘ng, «Lokomotiv» jadvalda ikkinchi o‘rinda qolgan «Zenit»dan 4 ochko farqi bilan yakka peshqadamga aylandi.
Mehmonda o‘tgan uchrashuvda Jyefferson Farfan (58 va 69 daqiqada) hamda Aleksey Miranchuk (77’) mezbonlar darvozasini ishg‘ol etdi. «Sankt-Peterburg» maydonida o‘tgan uchrashuvga 45829 futbol ishqibozlari tushgan bo‘lib, «Zenit»ning ketma-ket to‘rtinchi marta mag‘lubiyatiga guvoh bo‘lishdi.
«Lokomotiv» birinchi marta 2005 yil hech qanday jamoaga mag‘lub bo‘lmay, 33 ochko bilan chempionatni muvaffaqiyatli yakunlangandi. Temiryo‘lchilar «Zenit»ni ilk marta mehmonda 2004 yili mag‘lub qilgan bo‘lsa, 13 yil avvalgi o‘sha o‘yinda ikkita javobsiz gol kiritilgan.
5 noyabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan keyingi turda temiryo‘lchilar TsSKAga, «Zenit» esa «Rubin» futbolchilariga qarshi maydonda to‘p suradi.
Mavzuga oid
20:49 / 04.04.2026
“Bunyodkor” - “Lokomotiv” o‘yinidan keyingi janjal sabablari o‘rganilmoqda
20:17 / 03.08.2023
Tomoshabinlar antirekordi qayd etilgan OKMK – «Lokomotiv» o‘yinidan fotojamlanma
16:59 / 25.11.2022
«Turon» Superligaga yo‘llanma oldi, «Lokomotiv» Pro ligaga ravona bo‘ldi
16:52 / 29.10.2022