Jahon | 20:43 / 29.10.2017
9309
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning Shpitsbergenda yo‘qolgan Mi-8 vertolyoti bo‘laklari topildi

Foto: ITAR-TASS

Rossiyaning 26 oktabrda Shpitsbergen arxipelagidagi Barentsburg posyolkasi yaqinida yo‘qolib qolgan Mi-8 vertolyoti bo‘laklari dengizda, 200 metr chuqurlikda aniqlandi. Bu haqda Shimoliy Norvegiya qutqaruv xizmatiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. 

Vertolyot bortida 8 kishi bo‘lgan. U "Konvers Avia" kompaniyasiga tegishli bo‘lgan.

Arktika va Antarktika ilmiy-tadqiqot instituti ma'lumotlariga ko‘ra, vertolyotda ilmiy guruh gidrologik kuzatuvlar va ekologik tadqiqot dasturi doirasida namunalar olib Piramida posyolkasidan Barentsburgga qaytayotgan bo‘lgan.  

Ta'kidlanishicha, endi qidiruv ishlarining keyingi bosqichi – halok bo‘lganlarni izlashga o‘tiladi. 

Mavzuga oid