Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istondagi aviachiptalarda Nursultan Nazarbayev yozuvi paydo bo‘ladi
Nursultan Nazarbayev yozuvi aviachiptalarda paydo bo‘ladi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz Fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasiga asosan.
Idoradan xabar berishlaricha, International Air Transport Assocoation rasmiy saytida Ostona shahri aeroportining yangi nomi - Nursultan Nazarbayev ko‘rsatilgan. Aeroportning yangi nomi 2017 yilning 1 noyabridan boshlab International Air Transport Assocoation rasmiy axborotnomasida e'lon qilinadi. Shundan so‘ng, aviachiptalarni bronlash global tizimlari provayderlari (Amadeus, SITA) ushbu ma'lumot ham sotuv tarmoqlarida, ham chiptalarda ko‘rsatilishi uchun tegishli o‘zgarishlarni amalga oshirishlari kerak.
"Shunday qilib, aeroportning yangi nomi - Nursultan Nazarbayev Ostonaga va u yerdan amalga oshiriladigan yo‘nalishlardagi aviachiptalarda bo‘ladi. Shuningdek, uchta harfdan iborat TSE kodini o‘zgartirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda", - deya xabar beriladi Fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasining Facebook’dagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning 20 iyun kuni Ostona xalqaro aeroporti nomi Qozog‘iston hukumati qarori bilan “Nursulton Nazarboyev Xalqaro aeroporti” deb o‘zgartirildi.
Mavzuga oid
20:04 / 29.12.2025
Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyevning xorijga chiqishini cheklash taklif etildi
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025