Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda EIZ va KSZ boshqaruvining yangi tizimi joriy etiladi
Prezidentning 25.10.2017 yildagi PQ–3356-son «Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e'lon qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
EIZ va KSZ boshqaruvining yangi tizimi 1.12.2017 yildan joriy etiladi. U quyidagilarning yangilangan tartibini ko‘zda tutadi:
• investitsiya loyihalarini saralab olish;
• yer uchastkalarini taqdim etish;
• xomashyo va materiallarni olishni ta'minlash;
• EIZda joylashadigan tadbirkorlik sub'yektlariga kredit resurslarini ajratish.
Ko‘rsatilgan sanagacha hududlarning mavjud mineral-xomashyo, yer, suv, qishloq resurslari, ishlab chiqarish va eksport salohiyati, ekologik sharoitlarini inobatga olgan holda har bir EIZning sohaviy ixtisoslashuvi aniqlanadi. Ikki oy muddatda har bir EIZga ularning sohalarga oid ixtisoslashuvini inobatga olgan holda xorijiy investorlarni jalb etish bo‘yicha «yo‘l xaritalari» ishlab chiqiladi.
EIZ va KSZ faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy komissiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri EIZ va KSZ faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha ma'muriy kengashlar tarzida qayta tuzildi. Ularning faoliyatini muvofiqlashtirish bilan yangi tuzilgan Respublika kengashi shug‘ullanadi.
EIZ ishtirokchilariga qo‘shimcha imkoniyatlar berilgan. Xususan, ularga quyidagilarga ruxsat etilgan:
• davlat ixtiyorida bo‘lgan to‘xtab turgan korxona va mol-mulkni “nul” qiymati bo‘yicha investitsion majburiyatlarni olgan holda sotib olish;
• o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan birja tovarlarni (xomashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlar) to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha bozor narxida sotib olish;
• Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasida ekspertizadan o‘tkazmasdan import shartnomalari tuzish. Bu imkoniyat 1.11.2017 yildan boshlab tadbirkorlik sub'yektlari – ustav kapitallarida davlat ulushi bo‘lmagan, banklar tomonidan Tiklanish va Taraqqiyot jamg‘armasining kredit liniyalar hisobiga moliyalashtiriladigan EIZ ishtirokchilariga beriladi.
Bundan tashqari, «Navoiy», «Angren», «Jizzax» EIZ va yangi tuzilgan EIZ direksiyalari zonalar faoliyat yuritadigan barcha davr uchun soliq va boshqa davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlardan ozod etiladi.
1.03.2018 yildan boshlab investorlarga EIZ, investitsion loyihalar va boshqa xizmatlar haqida ma'lumotlar yetkazilishini ta'minlovchi O‘zbekiston Respublikasi EIZ va KSZ yagona portalini tuzish rejalashtirilgan.
Hujjat 25.10.2017 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026