Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: hindistonlik jarrohlar bemor oshqozonidan 600 dan ortiq mix olishdi
Foto: NDTV
Hindistonlik jarrohlar ruhiy xastalikdan aziyat chekuvchi bemor oshqozonidan 600 tadan ortiq mixni olishga muvaffaq bo‘lishdi. NDTV telekanalining yozishicha, Kalkuttadagi tibbiyot kollejlaridan birining shifokorlari noyob jarrohlik amaliyotini o‘tkazishgan.
Jarroh Siddxartxa Bisvasning jurnalistlarga ma'lum qilishicha, bemor oshqozoni 2 smlik mixlar bilan to‘lib toshgani bois, shifokorlar juda ehtiyotkorlik qilishlariga to‘g‘ri kelgan. Shifokorlar o‘tkir narsalarni chiqarib olish uchun magnitdan foydalanishgan. Jarrohlik bir sutka davom etgan.
"Uning aqli zaif va duch kelgan narsani yutish odati bor. Biroq biz uning oshqozonida shuncha mix bo‘lishini xayolimizga ham keltirmagan edik", - degan jurnalistlarga bemorning qarindoshi.
Bemor o‘tgan oyda oshqozonida kuchli og‘riqdan shikoyat qila boshlagan. Uni shifoxonaga olib borishganida UTT tekshiruvi o‘tkazilib, oshqozoni o‘tkir jihozlarga to‘la ekani aniqlangan. Shundan so‘ng, shifokorlar jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan, bemorning ahvoli barqaror ekani aytilmoqda.
Mavzuga oid
15:14 / 30.01.2026
O‘zbekistonga o‘qishga kelganlar soni oshdi: Hindiston va Turkmaniston yetakchi
21:23 / 28.01.2026
Nipah virusi Osiyo mamlakatlarini Hindistondan kelayotgan yo‘lovchilarni tekshirishga majbur qildi
07:23 / 28.01.2026
Infografika: 2026 yilda G20'da eng tez o‘sish Hindistonda
02:10 / 25.01.2026