Jahon | 21:20 / 01.11.2017
11506
1 daqiqa o‘qiladi

Kamerunda xudkush qizcha ko‘chada o‘ynab yurgan bolalar o‘limiga sabab bo‘ldi

Kamerun shimolidagi Zamga qishlog‘ida xudkush qizcha bir guruh o‘g‘il bolalar oldida o‘zini portlatdi.

RTBF’ning ma'lum qilishicha, portlash oqibatida 5 bola halok bo‘lgan, 2 bola jarohat olgan. Qizcha bolalar ko‘chada o‘ynab yurishganda ularning yoniga kelib, o‘zidagi portlovchi qurilmani portlatgan. 

Politsiyaning taxminiga ko‘ra, hujumni sobiq "Boko Harom", hozirda nomini "IShIDning G‘arbiy Afrika viloyati" deb o‘zgartirgan terrorchilik guruhi tashkillashtirgan.

AQShning Vest-Poynt harbiy akademiyasi huzuridagi terrorchilikka qarshi kurash markazi mutaxassislarining fikricha, "Boko Harom" o‘z hujumlarida qo‘llovchi xudkushlarning aksariyatini ayollar va bolalar tashkil qiladi. Ushbu terrorchilik guruhi tarixda "hujumlar uchun erkaklardan ko‘ra ko‘proq ayollar va bolalardan" foydalanuvchi ilk guruh hisoblanadi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid