Dunyodagi eng keksa yetakçi, Kamerunning 92 yoşli prezidenti Pol Biyya mamlakat Konstitutsiyaviy sudi tomonidan e’lon qilingan saylov natijalariga köra yangi yetti yillik muddatga qayta saylandi, deb xabar berdi BBC.
Reuters xabariga köra, Biyya 53,66 foiz ovoz töplagan.
Pol Biyya 1982 yildan beri Kamerunni boşqarib kelmoqda. Bu uning uçun sakkizinçi muddat böladi.
Saylov 12 oktabr kuni bölib ötdi, ammo natijalar 27 oktabr kuni e’lon qilindi. Saylovoldi kampaniyasi davrida Biyya atigi bitta miting ötkazdi.
Saylovda yana töqqiz nomzod, jumladan, saylov uçun vazirlik lavozimini tark etgan Biyyaning ikki ittifoqçisi iştirok etdi.
Şu bilan birga, kuçli raqib bölişi kutilgan muxolifat yetakçisi Moris Kamto (71 yoş) iyul oyida saylovga qöyilmadi. Bu qarorni Konstitutsiyaviy sud tasdiqladi, ammo mamlakatda köpçilik buni raqobatçini yöq qiliş uçun hiyla sifatida qabul qildi. 2018 yilda bölib ötgan saylovdan söng Kamto öz ğalabasini e’lon qilgan va ommaviy norozilik namoyişlari uyuştirgan edi.
Saylov bir turda ötkaziladi va eng köp ovoz olgan nomzod ğalaba qozonadi, ammo ovoz beriş natijalarini Kamerun Konstitutsiyaviy sudi tasdiqlaşi kerak. Mamlakat içki işlar vaziri oldindan barça nomzodlarni öz ğalabasi haqida bayonot berişga yöl qöymaslik haqida ogohlantirgan.
Kamerunliklarning aksariyati umrida boşqa davlat rahbarini körmagan. Mamlakatning 30 millionlik aholisining 60 foizdan ortiği 25 yoşgaça bölgan odamlardir.












