Kamerun prezidenti Pol Biyya saylovda iştirok etişini e’lon qildi. X ijtimoiy tarmoğidagi postida u vatanga xizmat qilişni davom ettirişga tayyorligini ta’kidlab, mamlakat oldida turgan muammolar jiddiyligini qayd etdi.
Biyya 1982 yildan beri prezidentlik qiladi. U 92 yoşda va uning prezidentlik davri dunyodagi eng uzoq muddatlardan biri.
Kamerunda prezidentlik saylovi 2025 yil 12 oktyabrga belgilangan va bir turda ötkaziladi. Oddiy köpçilik ovozni olgan nomzod ğolib hisoblanadi. Prezidentlik vakolati yetti yil.
2008 yilda Biyya prezidentlik muddatini çeklaşni bekor qildi, bu esa unga istalgan muddatga öz nomzodini qöyiş imkonini berdi. U 2018 yilgi oxirgi saylovda muxolifatning köplab qonunbuzarliklar haqidagi da’volariga qaramay, 71,28 foiz ovoz olgan holda ğalaba qozongan edi.












