Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nodirbek Abdusattorovga prezident sovg‘asi topshirildi
Foto: O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi
Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni, yosh xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorovga prezident sovg‘asi topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Shu munosabat bilan Shaxmat bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Yosh shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov 2011 yili ikki yirik musobaqa – Hindistonda maktab o‘quvchilarining Osiyo chempionatida oltin va Filippinda o‘smirlar o‘rtasidagi qit'a birinchiligida bronza medalni qo‘lga kiritgan. 2012 yil Sloveniyaning Maribor shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida oltin medalga sazovor bo‘lgan, Hindistonning Dehli shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi VIII Osiyo chempionatining rapid – tezkor shaxmat bahslarida kumush medal bilan taqdirlangan.
2014 yili poytaxtda o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha Osiyo chempionatida Nodirbek Abdusattorov o‘n yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar bahsida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan, blits turnirda esa kumush medalni qo‘lga kiritgan. Janubiy Afrika Respublikasining Durban shahrida bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha 8-18 yoshli o‘g‘il-qizlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni egallagan.
2016 yili Rossiyaning Sochi shahri mezbonlik qilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi jahon chempionatida ikkita oltin medalga sazovor bo‘lgan. 2016-2017 yillarda Rossiya va Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilgan nufuzli musobaqalarda munosib ishtirok etib, xalqaro grossmeyster talabini bajargan.
Jahon chempioni, xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan eng so‘nggi rusumdagi zamonaviy noutbuk bilan taqdirlandi.
Mavzuga oid
22:55 / 30.12.2025
Nodirbek Abdusattorov Blits bo‘yicha jahon chempionatida ikkinchi bo‘ldi
12:25 / 05.12.2025
Nodirbek Abdusattorov London Chess Classic turniri g‘olibi bo‘ldi
11:59 / 11.01.2025
2024 yilda eng ko‘p pul ishlab topgan shaxmatchilar ma’lum qilindi
20:43 / 22.09.2024