Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga boradi
O‘zbekiston Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deya xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov.
Norovning maqolasi institutning Facebook’dagi rasmiy sahifasida joylashtirilgan.
"O‘zbekiston diplomatiyasi bir yildan beri prezident Sh.Mirziyoyev rahbarligida barcha chegaradosh davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan siyosatni faol va bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etmoqda. Bu nafaqat turli darajalardagi davlatlararo aloqalarning ko‘payishi hamda kengayishi, balki Toshkentning qo‘shnilar bilan avvalgi ziddiyatlarni hal qilishda oqilona murosa yo‘lini qidirish bo‘yicha aniq kayfiyatida ham namoyon bo‘ladi", - deya yozgan Vladimir Norov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shunisi e'tiborga molikki, O‘zbekiston rahbari so‘nggi oylar ichida barcha qo‘shni mamlakatlar yetakchilari bilan rasmiy, norasmiy hamda amaliy uchrashuvlarni o‘tkazdi.
"Turkmaniston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga tashrif amalga oshirildi. Tojikistonga tashrif tayyorlanmoqda", - deya xabar bergan Norov.
Ta'kidlab o‘tish joizki, bu Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston prezidenti sifatida Tojikistonga birinchi tashrifi bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shaxslarni o‘z roziligisiz foto va videoga olish taqiqlanishi mumkin. Adliya vazirligi qonun loyihasini muhokamaga chiqardi
O‘zbekiston | 12:21
-
Yuzlab insonlarni chuv tushirgan avtolizingchilarga hukm o‘qildi
Jamiyat | 12:20
-
Milanda Aleksey Navalniyga yodgorlik o‘rnatildi
Jahon | 12:15
-
Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i tayinlandi
O‘zbekiston | 11:56
Mavzuga oid

17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi

17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi

16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi

12:26 / 15.11.2024