Jahon | 20:50 / 02.11.2017
7162
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya Puchdemonning hibsga olinishiga xalqaro order berilishini so‘ramoqda

Foto: RIA Novosti / Djordi Boyshareu

Ispaniya prokuraturasi Kataloniyaning o‘z lavozimidan chetlatilgan rahbari Karles Puchdemonning hibsga olinishiga xalqaro order berilishini so‘ramoqda. Bu haqda El Pais nashri xabar bermoqda. 

Ta'kidlanishicha, 2 noyabrga belgilangan sud yig‘ilishiga Kataloniya hukumatining 14 vakilidan 5 nafari kelgan. 

Avvalroq Puchdemon u va muxtoriyatning bir qator sobiq vazirlari adolatli sud bo‘lishini kutib Belgiyada qolishlarini va ko‘rsatmalar berish uchun Ispaniya milliy sud hay'atiga kelmasliklarini aytgan.

Mavzuga oid