Jamiyat | 09:40 / 02.11.2017
30983
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida ota o‘z qizini pichoqladi

Bo‘ka tumanida 2017 yilning 15 oktabr kuni soat 00.30 larda, shu tumanda yashovchi, nafaqaxo‘r, 1956 yilda tug‘ilgan Xolmurod Noraliyev (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) uyida o‘zaro janjallashib qizi, shu manzilda yashovchi, uy bekasi, 1980 yilda tug‘ilgan Durdona Malikovani tanasining turli sohalariga 3 marotaba osh pichog‘i bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar berdi.

Ro‘y bergan hodisa oqibatida jabrlanuvchi shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Ushbu holat yuzasidan Xolmurod Noraliyevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid