Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«KAMAZ» va «O‘zavtosanoat» birgalikda yuk mashinalarini ishlab chiqaradi
«O‘zavtosanoat» AJ va «KAMAZ» OAJ o‘rtasida 2017 yil 2 noyabr kuni O‘zbekistonda yuk avtotransport vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etishni nazarda tutuvchi hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Hujjatni «KAMAZ» OAJ bosh direktori Sergey Kogogin va «O‘zavtosanoat» AJ boshqaruvi raisi Umidjon Salimov imzoladi.
«KAMAZ» OAJ kompaniyasining ma'lumotlariga ko‘ra, tomonlar UzAutoTrailer MChJ bazasida KAMAZ brendi ostida yuk mashinalarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqdalar. Kelgusida tomonlar O‘zbekiston hududida avtomobillarni yig‘ish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etishni mo‘ljallashgan.
Shartnomaga muvofiq, «KAMAZ» OAJ va «O‘zavtosanoat» AJ «KAMAZ» tashqi savdo kompaniyasi» AJ va «UzAutoTrailer» MChJ orqali faoliyat olib boradi.
«KAMAZ» tashqi savdo kompaniyasi» UzAutoTrailer’ga ehtiyot qismlari va detallar to‘plamlarini yetkazib beradi. O‘zbek kompaniyasi shassini yig‘ish bilan shug‘ullanadi va o‘zi hamda qo‘shma korxona ustqurmasini barpo etadi.
Mavzuga oid
19:23 / 25.07.2025
“KAMAZ” savdodagi pasayish sabab 4 kunlik ish haftasiga o‘tmoqda
16:09 / 15.05.2025
Damas va Labo ishlab chiqarishni to‘xtatish ko‘rib chiqilmayapti - “O‘zavtosanoat”
16:59 / 03.04.2025
KAMAZ samosvallarga bahorgi aksiyani e’lon qildi!
18:00 / 05.12.2024