Prezident Şavkat Mirziyoyev 5 dekabr kuni avtomobil sanoatida 2025 yil uçun ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanişdi.

Bu masala bundan 10 kun oldin, 25 noyabr kuni ham muhokama qilingan, mutasaddilarga rejalarni tanqidiy körib çiqiş topşirilgan edi. Bu galgi taqdimotda prezident körsatmalari asosida takomillaştirilgan çora-tadbirlar bayon qilindi, deya xabar bermoqda davlat rahbarining matbuot xizmati.

Qayd etilişiça, avvalo işlab çiqariş hajmi va sifatiga e’tibor qaratiladi. Hozir yiliga 400 mingdan ziyod avtomobil sotilyapti. Bu tendensiya keyingi yillarda ham saqlanib qoladi.

“Qolaversa, Özbekiston Jahon savdo taşkilotiga a’zo bölişi kutilmoqda. U holda, bozorda mahalliy işlab çiqaruvçilar uçun raqobat yanada kuçayadi. Şuning uçun sifat ustida işlaş, mahalliylaştiriş darajasini oşiriş zarurligi ta’kidlandi”, – deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, 2025 yilda BYD avtomobillarining 60 ta detalini mahalliylaştiriş hisobiga elektromobil tannarxini pasaytiriş mumkin. Bu kompaniya rahbariyati ham Özbekistondagi tarmoq korxonalari salohiyatini yuqori baholagan. Şu bois Mahalliylaştirişga kömaklaşiş markazi imkoniyatlarini işga solib, hududiy korxonalar bilan kooperatsiya hajmini 2 karra oşiriş vazifasi qöyildi.

“Yana bir muhim masala – eksport. Sönggi yillarda qöşni davlatlarda işlab çiqariş yölga qöyilgani natijasida 40 mingdan ortiq avtokomplekt sotilgan. Kelgusi yil eksportni 700 mln dollardan oşiriş maqsad qilingan. Şu bilan birga, Samarqanddagi avtobus va yuk transporti korxonalarini ham taşqi bozorlarga olib çiqiş kerakligi körsatib ötildi”, – deyiladi rasmiy relizda.

Qöşimça qilinişiça, prezident zamon talablariga moslaşib, işlab çiqarişni barqaror qiliş, marketing va sifat böyiça har kuni izlaniş zarurligini ta’kidlagan.