Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston bosh vaziri Qozog‘iston bilan chegaradagi vaziyatga izoh berdi
MDH Hukumat rahbarlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirokchilar Erkin savdo hududi shartnomasi doirasida olib borilayotgan masalalari muhokama qilindi.
Unda O‘zbekiston tomonidan so‘nggi 10 oy davomida ayrim import tovarlarga nisbatan bojxona va aksiz soliqlarini pasaytirgani e'tirof etildi. Shuningdek, shartnomada ko‘zda tutilgan ichki talablar bo‘yicha a'zo davlatlarda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.
Kun.uz muxbiri xabar qilishicha, Qirg‘iziston Bosh vaziri Sapar Isaqov aynan Erkin savdo hududi shartnomasiga qo‘shilgan Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘rtasida chegara muammolari paydo bo‘layotganini ta'kidladi.
"Shartnoma kelishuvida ta'kidlangan bandlardan foydalangan Qozog‘iston hukumati Qirg‘izistondan o‘tib kelayotgan tovarlarni chegara asossiz va sun'iy ravishda to‘xtatib turibdi. Kontrabanda sifatida ushlab qolingan mahsulotlarning 20 foizi qishloq xo‘jaligi tovarlari, jumladan kartoshka, piyoz, sut mahsulotlari hisoblanadi. Bularni qanday qilib, kontrabanda deyish mumkin. Qolaversa, qozoq-qirg‘iz chegara yo‘lagidan foydalanuvchi xususiy tadbirkorlar bundan aziyat chekmoqda.
Qirg‘iz hukumati Qozog‘iston tomonidan chegara nazoratini kuchaytirish masalasi vaqtincha bo‘ladi, degan umiddamiz”, deydi u.
Mavzuga oid
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida yangi post ochildi
20:10 / 25.05.2026