Jahon | 14:50 / 03.11.2017
4713
1 daqiqa o‘qiladi

MDH Hukumat rahbarlari yig‘ilishi 2018 yil Dushanbe shahrida o‘tkaziladi

Foto: MDH

3 noyabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari Kengashining joriy yig‘ilishida mazkur majlis kelasi yil iyunda Tojikiston Respublikasida o‘tkazilishi e'lon qilindi. Bu haqda tashkilot Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev bayonot bergan.

"Tojikiston Respublikasi tashabbusi bilan yig‘ilishning keyingi sessiyasi 2018 yil 1 iyun kuni Dushanbe shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda”, deydi u.

Shuningdek, Erkin savdo hududi shartnomasi bo‘yicha Belarus hukumat rahbarining tashabbusi bilan erkin xizmatlar savdosi to‘g‘risidagi loyiha muhokama qilinib, ko‘rib chiqilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid