Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport hakamlari yomon ish uchun chetlashtiriladi
Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining qarori (2017 yil 27 oktabr) bilan yangi Sport hakamlari va ularning malaka toifalarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Ilgari amalda bo‘lgan Sport hakamlari va sport hakamlarining malaka toifalarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom (2016 yil 5 fevral) o‘z kuchini yo‘qotdi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Yangi Nizomda sport hakami o‘z majburiyatlarini bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmaganda unga nisbatan qo‘llaniladigan choralar qat'iylashtirildi.
Ilgari bunday hollarda quyidagi choralar qo‘llanilishi mumkin edi:
• sport musobaqasi hakamligidan chetlashtirish (sport musobaqasi tashkilotchisi tomonidan);
• toifani pasaytirish yoki undan mahrum etish haqida ogohlantirish (vakolatli organ tomonidan);
• toifani pasaytirish (vakolatli organ tomonidan);
• toifadan mahrum etish (vakolatli organ tomonidan).
Endilikda hakamlarga nisbatan yagona chora qo‘llaniladi – ular sport federatsiyalari (uyushmalari)ning sport hakamlari hay'atlari tomonidan sport hakamligidan butunlay yoki vaqtincha chetlashtiriladi.
Bundan tashqari Endilikda “Birinchi toifali sport hakami” (shu jumladan, sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha) toifasi, tegishlicha, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining hududiy organlari tomonidan beriladi. Ilgari ushbu toifa, tegishlicha, Madaniyat va sport ishlari vazirligi (qo‘mitadan avvalgi idora) Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining o‘zi tomonidan berilardi.
Yangi Nizomda belgilanishicha, “Milliy toifali sport hakami” toifasini olishdan oldin “Xalqaro toifali sport hakami” toifasini qo‘lga kiritgan sport hakamining toifasi “Milliy toifali sport hakami” toifasidagi hakam hisoblanadi.
Endilikda “Milliy toifali sport hakami” toifasini olishdan oldin “Birinchi toifali sport hakami” toifasi berilganiga kamida 2 yil (ilgari - 3 yil) o‘tgan bo‘lishi lozim.
Hujjat 2017 yil 27 oktabrdan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
22:52 / 14.06.2026
O‘zbekiston - Kolumbiya o‘yinini angliyalik hakam boshqaradi
10:10 / 09.06.2026
Jahon chempionati hakami AQShga kiritilmadi
18:58 / 06.05.2026
Fuqarolarni yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi
09:54 / 14.04.2026