Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda yashovchi shaxs Zangiotadagi bozorda kissavurlik qildi
Zangiota tumanida joriy yilning 10 oktabr kuni Andijon viloyatida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan Abbos To‘lashov (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) kissavurlik yo‘li bilan, Zangiota tumani hududida joylashgan bozorda savdo qilib yurgan Yuqorichirchiq tumanida yashovchi, uy bekasi, 1994 yilda tug‘ilgan Gulida Sarabayevaning cho‘ntagidan unga tegishli “Artel-SX” rusumli uyali aloqa telefonini o‘g‘irlagan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar bermoqda.
Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida Abbos To‘lashov ushlandi. Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ashyoviy dalil sifatida “Artel-SX” rusumli uyali aloqa telefoni olindi.
Tergovni IIB olib bormoqda.
Mavzuga oid
22:18 / 04.06.2026
Zangiotadagi temiryo‘l kesishmasi o‘rnida yo‘l o‘tkazgich quriladi
20:51 / 25.01.2026
Zangiotada nosoz filtrdan foydalanayotgan issiqxonalarga chora ko‘rildi
18:07 / 17.12.2025
Toshkent viloyatida o‘quvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab rahbariyati jazolandi
14:21 / 06.11.2025