Jahon | 16:22 / 04.11.2017
21958
2 daqiqa o‘qiladi

Qodirov Putin haqidagi she'r uchun iPhone X va'da qildi

Foto: Instagram/Kadyrov_95

Checheniston respublikasi rahbari Ramzon Qodirov prezident Vladimir Putin haqida eng yaxshi she'rni taqdim etganga iPhone X sovg‘a qilish haqida va'da berdi. Bu haqda u Instagram’da xabar qilgan.

Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, unga eng so‘nggi modeldagi smartfonni KVN bo‘yicha Checheniston jamoasi hadya qilgan.

"Xuddi bolalar kabi! Axir ulardan eshikni orqa tomonidan yopishni so‘ray olmaysan-ku! Shundan so‘ng bir yil davomida ularning taqlidida bosh qahramonga aylanasan", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.

Qodirov shuning uchun IPhone’ni o‘z obunachilari o‘rtasida o‘ynash haqidagi qarorga kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada ushbu modeldagi smartfonlar sotuvi juma kunidan boshlandi. iPhone X’ning rasmiy narxi 79,9 ming rubldan boshlanadi.

 

A post shared by Ramzan Kadyrov (@kadyrov_95) on

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid