Toshkentda 15 yil davomida qidiruvda bo‘lgan ayol kishi ushlandi. Bu haqda poytaxti IIBB xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 2017 yilning 30 oktabr kuni, Shayxontohur tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismida ko‘rsatilgan (giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) jinoyatini sodir etganligi uchun 2002 yil 1 iyun kuni Shayxontohur tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan qidiruv e'lon qilingan D.U. ushlandi.
Ta'kidlanishicha, hozirda uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.