Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp samuraylar yurti bo‘lgan Yaponiyani KXDRga qarshi qayradi
AQSh prezidenti Donald Trampning hisoblashicha, Yaponiya o‘z hududi osmonidan uchib o‘tayotgan KXDRning ballistik raketalarini urib tushirishi kerak. Bu haqda Kiodo agentligi diplomatik doiralardagi manbalariga asoslangan holda xabar tarqatdi.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, amerikaliklar rahbari keyingi oylarda bir necha marta Tokioning shimolliklarning harakatlariga qarshi sukut saqlashini tushunmayotgani haqida bildirgan.
«Nega o‘z osmoningiz ustidan uchib o‘tayotgan raketalarni urib tushirmaysiz? Bu axir samuraylar mamlakati emasmidi. Men buni tushuna olmayman», — deya Donald Trampning so‘zlarini keltirgan agentlik.
KXDR dunyo hamjamiyati e'tirozlariga qaramasdan o‘zining raketa va yadroviy dasturlarini rivojlantirishda davom etmoqda. Avgust oyi oxirida va sentabr oyida Pxenyan ballistik raketalari sinovini o‘tkazdi, bu raketalar Yaponiya hududi ustidan uchib o‘tdi. Yapon harbiylari esa bu raketalar mamlakatga xavf solmayotgani uchun bu raketalarni urib tushirmaslikka qaror qildi.
Shimoliy Koreya 3 sentabr kuni vodorod bilan zaryadlangan raketalari tayyor bo‘lgani, bu raketalar boshqa qit'alarga qadar yetib bora olishini ma'lum qildi.
Yaponiya va Janubiy Koreya harbiylari bu qurolning zaryadi 160 kilotonna ekani, bu esa 1945 yilda Xirosima va Nagasakiga tashlangan atom bombalardan o‘n barobar kuchliroq ekanini ma'lum qilishgan. 3 sentabr kungi sinov shimolliklarning oltinchi yadroviy sinovi bo‘lgandi.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026