Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampga Xitoyga safari davomida 40 ta korporatsiya rahbarlari hamrohlik qiladi
AQSh prezidenti Donald Trampning 8 noyabrda Xitoyga tashrifi vaqtida unga AQShning 40 ta korporatsiyasi rahbari hamrohlik qiladi.
Bloomberg axborot agentligining ma'lumotlariga ko‘ra, prezidentga General Electric, Honeywell International, Westinghouse Electric, Boeing, Qualcomm kabi kompaniyalar rahbarlari kompaniya tashkil qiladi.
Taxminlarga ko‘ra, xitoylik hamkasblar bilan muzokaralar natijasida milliardlab dollarlik bitimlar tuzilishi mumkin.
Yirik bitimlardan biri Xitoyning Sinopec neft-gaz korporatsiyasi bilan investitsiyaviy kelishuv bo‘lishiga va'da berilmoqda. Bu bitimning amalga oshirilishi Texas shtati va Virginiya orollarida dovuldan jabr ko‘rgan hududlarda minglab yangi ish o‘rinlari yaratishga imkon beradi. Loyiha doirasida Texasning g‘arbiy qismidagi neft konidan Meksika ko‘rfazigacha 1,1 ming km lik quvur o‘tkazish va u yerda neft ombori qurish ko‘zda tutilgan.
AQSh prezidenti 4 noyabrda Osiyo bo‘ylab turnega jo‘nab ketdi. U turne davomida Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Vetnam, Filippinga tashrif buyuradi.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
09:56 / 16.06.2026