Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung yangi reklamasida iPhone egalarini “mazax qildi”
Samsung kompaniyasi marketologlari “Ulg‘ayish” deb nomlangan reklama roligida iPhone smartfonlari ixlosmandlarini “mazax qildi”. Rolikda nafaqat iPhone’ning ilk modeli iPhone 2G’dan boshlab qolgan modellaridagi kamchiliklar, jumladan kichik hajm, chang va namlikdan himoyaning yo‘qligi zarur vaqtda pand berishi “mazax qilingan”, balki “lightning” turidagi konnektorga o‘tilgani ham “eslab o‘tilgan”. Shuningdek, yaqinda sotuvga chiqarilgan iPhone X’dagi ba'zi dizaynerlik yechimlariga ham tanqid ko‘zi bilan qaralgan.
Rolik so‘ngida ancha yillardan beri iPhone’larning kamchiliklaridan “charchagan” bosh qahramon sevimli qurilmasini tortmaga qo‘yib, Samsung smartfonidan foydalanishga qaror qiladi.
Janubiy Koreya kompaniyasi marketologlarining fikricha, Apple qurilmalaridagi ba'zi noqulayliklar kompaniya mijozlari bir qismining Galaxy Note 8 smartfonlaridan foydalanishga o‘tishga undashi mumkin.
Mavzuga oid
18:14 / 18.06.2026
Apple smartfonlari qimmatlaydi - Tim Kuk buning sababini tushuntirdi
18:12 / 09.06.2026
Tezkor iOS 27 va Siri chat-bot sifatida - Apple taqdimoti
20:18 / 06.06.2026
Yangi Samsung Galaxy S27 Pro smartfoni haqida ma’lumot berildi
08:37 / 04.06.2026