Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQShning qurol-aslahasini “dunyoda tengi yo‘q” deb atadi
AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni Yamandan otilgan raketani urib tushira olgani Ar-Riyod AQShdan sotib oladigan qurolning ustunligini ko‘rsatishini aytdi.
4 noyabrda Yaman hududidan Saudiya Arabistoni tomon ta'sir doirasi 750 km ni tashkil qiluvchi raketa uchirilgan. Ushbu zarbani amalga oshirishda yamanlik isyonchi husiylar gumon qilinmoqda. Saudiya Arabistoni harbiylari raketani Ar-Riyod aeroporti yaqinida urib tushirishga muvaffaq bo‘lishgan. Hodisa qurbonlar va vayrongarchiliklarga olib kelmagan.
“Kecha bizda Saudiya Arabistoni hududida raketa urib tushirilgan holat bo‘ldi. Ularning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi raketani osmonda bexato nishonga urib, portlatib yubora oldi. Bizda ajoyib texnologiyalar mavjud”, deb aytgan Tramp Yaponiyada tadbirkorlar oldidagi nutqida.
“Bunday aniqlik bilan biror bir narsani to‘xtatish – bu osmonda juda tez harakatlanayotgan ignani to‘xtatish kabidir. Biz dunyodagi eng yaxshi qurollarni yaratamiz. Dunyoda unga hattoki yaqinroq keladigan qurol mavjud emas. Yaponiya bosh vaziri siz bilan qo‘shni davlatlardan birida yuz berayotgan vaziyatni hisobga olib bu quroldan ko‘plab buyurtiradi”, deb qo‘shimcha qilgan Tramp.
Ma'lum qilinishicha, Saudiya Arabistoni tomon Burkan-2H raketasi uchirilgan. Raketani urib tushirish uchun bir nechta MIM-104 Patriot raketalari uchirilgan va natijada u urib tushirilgan. Bu orada husiylar ularning raketasi nishonga yetib borganini ta'kidlamoqdalar.
Yaman hududidan Saudiya Arabistoni tomon 10 oktabrda ham raketa uchirilgandi. O‘shanda o‘rta masofalarga mo‘ljallangan “Kaxir-2” raketasi Saudiya Arabistonining janubidagi Jizan viloyatiga tushgan.
Saudiya Arabistoni raketalar hujumiga qarshi mudofaa sohasidagi ilg‘or qurollardan ko‘p miqdorda xarid qiladi. Avvalroq AQSh davlat departamenti Saudiya Arabistoniga THAAD RHQM tizimini sotishni ma'qullagandi. Shu bilan birga Saudiya Arabistoni Rossiya bilan S-400 zenit-raketa tizimlarini xarid qilish bo‘yicha kelishib olgan. Biroq bu tizimlar hali yetkazib berilmagan.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026