O‘zbekiston | 12:35 / 06.11.2017
10641
2 daqiqa o‘qiladi

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rahbariga turkiyalik maslahatchi bo‘ladi

Foto: sbadak.com.tr

Turkiyada turizmni rivojlantirish bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis Sodiq Badak O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi maslahatchisi etib tayinlanadi, deya xabar qilmoqda qo‘mita matbuot xizmati. 

Turkiya Respublikasi Milliy majlisining Antaliya viloyatidan sobiq deputati nomzodi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 25-26 oktabr kunlari Turkiyaga tashrifi chog‘ida turk hukumati tomonidan taklif qilindi.

Maslahatchining asosiy vazifalari quyidagilardir:

•  o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan Turkiyada turizmni rivojlantirish bo‘yicha 30 yillik tajribani o‘rtoqlashish va o‘rta hamda uzoq muddatli istiqbolda (5 va 10 yil) O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha strategik rejani ishlab chiqishga ko‘maklashish;

•  mamlakatning ehtimoliy sayyohlik hududlarining infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar uchun reja ishlab chiqilishiga ko‘maklashish;

• turizm sohasidagi O‘zbekiston qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni va turizmni jadal rivojlantirish uchun qo‘shimcha rag‘batlantirish choralarini ishlab chiqish;

•  turizm xizmatlari sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha maxsus o‘quv qo‘llanmalarni ishlab chiqish, maxsus o‘quv kurslarini yaratish;

•  O‘zbekiston uchun ehtimoliy xorijiy turizm bozorlarini o‘rganish va turizm brendlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

•  xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun yangi turistik mahsulotlar hamda yo‘nalishlar ishlab chiqish;

•  O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid