Jahon | 07:44 / 06.11.2017
17180
1 daqiqa o‘qiladi

Husiylar yetakchisi haqidagi axborot uchun 30 million dollar va'da qilindi

Foto: Abdulmalik al-Husiy/Pars Today

Saudiya Arabistoni hukumati “Ansor Alloh” harakati jangarilari (husiylar)ning yetakchisi Abdulmalik al-Husiyni qo‘lga olishga olib keladigan axborot uchun 30 mln dollar mukofot puli va'da qildi. Bu haqda Saudiya Arabistonining SPA axborot agentligi xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, qirollik hukumati qidirilayotgan isyonchi-husiylar ro‘yxatiga 40 kishini kiritgan. Ular haqidagi axborot uchun 5 mln dollardan 30 mln dollargacha mukofot va'da qilingan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid