BMT Yamanga gumanitar yordamni yetkazishni to‘xtatishga majbur bo‘ldi
BMT Saudiya Arabistoni koalitsiyasi Yamandagi barcha portlar va aeroportlarni yopishga qaror qilgandan keyin Yaman aholisiga gumanitar yordamni yetkazishni to‘xtatdi. Bu haqda BMT bosh kotibining rasmiy vakili o‘rinbosari Farxon Haq ma'lum qildi.
Yamanning portlari va aeroportlarini yopish qarori Yamandan Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod tomon raketalar otilgandan keyin qabul qilingan. Saudiya Arabistoni kuchlari raketalarni urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan.
“Biz Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyaning Yamandagi barcha aeroport va portlarni vaqtinchalik yopish qarori yuzasidan xavotir bildirmoqchimiz. Bu Yaman aholisiga gumanitar yordamni yetkazishga ziyon keltirishi mumkin”, deb aytgan Haq 6 noyabrdagi brifingda.
Haqning aytishicha, gumanitar yordam yetkazilishi to‘xtatilgan, BMTning ikkita reysi uchishga ruxsat olmagan.
Mavzuga oid
14:40 / 15.10.2024
GFR va yana uch davlat Livandagi BMT askarlariga tahdidni qoraladi
18:53 / 11.10.2024
BMT oiladagi zo‘ravonlikni tugatish bo‘yicha O‘zbekiston taklif etgan rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi
08:35 / 11.10.2024
BMT Isroilni Livandagi qarorgohiga hujum qilishda aybladi
16:44 / 10.10.2024