O‘zbekiston bir muddat internetdan uzildi
Bugun, 7 noyabr kuni O‘zbekistonda soat 13:50-14:40 oralig‘ida internet ishlamadi.
Internetdagi «avariyaviy holat» butun O‘zbekiston bo‘ylab kuzatilgan, o‘zbekistonliklar bu vaqt oralig‘ida na mobil qurilmalar orqali va na kompyuterdan internetga ulana olishdi.
Hozircha bu vaziyat yuzasidan barcha provayderlarga internet uzatuvchi «O‘zbektelekom» tomonidan rasmiy izoh berilmadi.
O‘zbekistonda bunday holat oxirgi marta 2014 yilning 16 yanvarida kuzatilgan, o‘shanda yarim soatdan ortiqroq vaqt davomida internetga kirishning imkoni bo‘lmagandi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston milliy operatori internetni Qozog‘iston hududidan o‘tuvchi optik tolali kabel orqali Rossiyadan oladi. Shu optik tolali kabel magistralida ehtimoliy avariya O‘zbekistonni internetdan uzib qo‘yishi mumkin.
O‘zbekistonda bugun 15 milliondan ziyod internet foydalanuvchisi, 21 milliondan ziyod mobil aloqa foydalanuvchisi mavjud. Ularning talab va ehtiyojlarini qondirish uchun 18 mingga yaqin mobil aloqa baza stansiyalari o‘rnatilgan va ularning soni oshib bormoqda.
Lekin O‘zbekistonda internet sifatli ham emas, mobil internet tezligi reytingida O‘zbekiston 106-o‘rinda, simli internet reytingida 126-o‘rinda qayd etilgan.
Mavzuga oid
08:55 / 03.11.2023
“O‘zbektelekom” AKda IPO joylashtirish doirasida biznes uchrashuv o‘tkazildi
17:32 / 28.03.2023
O‘zbekistonda 5G Apple smartfonlarida
21:39 / 10.03.2023
O‘zbekistonda 5G texnologiyasini joriy etish jarayoni boshlandi
08:09 / 08.02.2023