Özbekistonda transport, energetika, kommunal va telekommunikatsiya xizmatlari kabi sohalardagi 13 ta yirik davlat kompaniyasi IPO ötkazadi. Ommaviy savdoga çiqariladigan aktivlar qiymati 2,44 mlrd dollarga baholanyapti. Kompaniyalar 2030 yilgaça öz sof foydasining kamida 50 foizini aksiyadorlarga bölib beradi. Dastlabki tölovlar 2027 yildan boşlanişi kutilyapti.

Yaqin kunlarda har bir Özbekiston fuqarosi uçun mamlakatdagi qator yirik kompaniyalar, xususuan, Uzbekistan Airways, “Özbektelekom” kabi taşkilotlarning bir qismiga egalik qiliş imkoniyati paydo böladi.

Özbekiston milliy investitsiya fondi özining aksiyalarini oçiq savdoga çiqarişini e’lon qildi. Soddaroq tilda aytadigan bölsak, davlat özining yirik va daromadli kompaniyalarini katta «hamyon»ga jamlab, şu hamyonning bir qismini mahalliy investorlarga va xorijiy sarmoyadorlarga sotişni rejalaştiryapti.

"Katta hamyon"da nimalar bor?

Özbekiston milliy investitsiya fondi 2024 yil avgust oyida mamlakatdagi eng yirik korxonalardagi davlat uluşlarini boşqariş va xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş maqsadida taşkil etilgan. Tuzilmaning yagona aksiyadori Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisoblanadi. Vazirlik jamğarmani dunyo böylab 1,74 trln dollar qiymatdagi aktivlarni boşqaradigan AQŞning Franklin Templeton kompaniyasiga işonçli boşqaruvga topşirgan.

UzNIF portfelidagi uluşlarning jami sof aktivlar qiymati 2025 yil 31 dekabr holatiga 2,44 mlrd dollarga baholangan va qiymatdagi minoritar aksiyalaridan iborat:

Bu yerda eng e’tiborli jihat – kafolatlangan daromad! Jamğarma aksiyadorlar uçun juda jozibador şartni e’lon qildi: UzNIF tarkibidagi kompaniyalar 2030 yilgaça öz sof foydasining kamida 50 foizini aksiyadorlarga bölib beradi. Dastlabki tölovlar 2027 yildan boşlanişi kutilyapti.

Qimmatli qoğozlar bir vaqtning özida ikkita platformada sotilişi kutilmoqda: oddiy aksiyalar — “Toşkent” respublika fond birjasida, global depozitar tilxatlar — London fond birjasining asosiy bozorida.

UzNIF portfelidagi kompaniyalarning quyidagi 6 tasi 2028 yilgaça individual tarzda IPO ötkazişi ham közda tutilgan: Uzbekistan Airways, “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari”, “Özbektelekom”, “Özbekgidroenergo”, “Hududiy elektr tarmoqlari” va “Hududgazta’minot”.

Bu davlatga nima beradi?

Davlatga yangi maktablar, kasalxonalar quriş va iqtisodiyotni rivojlantiriş uçun doim pul kerak. Bu pullarni çet eldan qarzga oliş mumkin, lekin olingan kreditni foizi bilan qaytariş ham bor. Korxonalarning bir qismini sotiş orqali esa davlat heç qanday qarz olmasdan, öz ğaznasiga milliardlab mablağ yiğa oladi.

Qolaversa, global miqyosida tan olingan bir haqiqat bor: 100 foiz davlatga tegişli korxonalarda köpinça rivojlaniş sekin böladi, çunki raqobat yöq. Aksiyalar sotilib, kompaniya içiga xususiy investorlar kirib kelgaç, ular taşkilotdan yaxşi işlaşni va köproq foyda keltirişni talab qila boşlaydi. Natijada kompaniya zamonaviylaşadi va unumdorlik oşadi.

Şu paytgaça odamlarda ham pulni saqlaş va köpaytiriş uçun tanlov kam edi: yo uy sotib oliş, yo dollar qilib saqlaş, yoki bankka omonatga qöyiş. Endi esa yangi imkoniyat – davlatning eng yirik kompaniyalariga sarmoya kiritiş va ularning foydasiga şerik böliş imkoni paydo bölyapti.

Xulosa qilib aytganda bu işlar Özbekiston iqtisodiyotini yopiq, faqat davlat buyruği bilan işlaydigan tizimdan – oçiq, bozor qonunlari va raqobat asosida işlaydigan zamonaviy tizimga ötkaziş uçun qilinyapti.