Jahon | 09:50 / 08.11.2017
5627
2 daqiqa o‘qiladi

BMT Saudiya Arabistonini Yamanni blokada qilishni to‘xtatishga chaqirdi

Foto: EPA

BMT Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyani Yamandan blokadani olishga chaqirdi. Bu qamal Yamanga gumanitar yordamni olib kirishga to‘sqinlik qiladi, deb aytdi BMT vakili Stefan Dyujarrik. 

“Portlar, aeroportlar, quruqlikdagi yo‘llarning blokada qilinishi shundoq ham falokatli bo‘lgan vaziyatga favqulodda salbiy ta'sir qiladi. Mojaroning barcha tomonlari portlar va aeroportlar orqali barcha muhtoj odamlarga gumanitar yordamning xavfsiz va tez yetkazilishini yengillashtirishlari kerak”, deb aytgan BMT vakili.

Saudiya Arabistoni koalitsiyasi Yaman hududidan Saudiya Arabistoni tomon raketalar otilgandan keyin Yamandagi barcha portlar va aeroportlarni yopishga qaror qilgan. 

BMT ma'lumotlariga ko‘ra, Yamanda hozirda 20 mln ga yaqin odam gumanitar yordamga muhtojlik sezmoqda, ulardan 7 mln nafari ocharchilik yoqasida turibdi. Shuningdek, mamlakatda vabo avj olgan va hozirda bu kasallikka uchragan va uchraganlikka gumon qilinayotgan 850 ming kishi qayd qilingan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid