Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeTTB O‘zbekistonga 120 million yevro kredit ajratadi
YeTTB O‘zbekistonga 120 million yevro transh ajratishga qaror qildi. Shu bilan birga, kimyoviy sohaga ham 12 million kredit ajratadi. Bu haqida KUN.UZ muxbiri 8 noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro davra suhbatida Filipp Bennett bergan ma'lumotiga asoslanib, xabar berdi.
Bennett O‘zbekistonda so‘nggi vaqtlarda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. Xususan, mamlakatda konvertatsiyaning muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini alohida ta'kidladi. Shuningdek, boshqa sohalarda olib borilayotgan islohotlar ham katta salohiyatga egaligi qayd etildi.
"O‘zbekiston kuchli ichki resurslarga ega. Ular ishlashi uchun investitsiyalar kerak. Investitsiyalar turli shaklda bo‘lishi mumkin - nafaqat aktivlar, balki amaliyot ham nazarda tutilmoqda. O‘zbekistonda 9 milliard investitsiya ishlamoqda", - deydi YeTTB vakili.
Shu o‘rinda Filipp Bennett O‘zbekistonning DoingBusiness reytingida yuqorilaganini qayd etgan holda, investitsion muhitidagi muammolar va ularni barataraf etishga doir tavsiyalari bilan ham bo‘lishdi.
- Sarmoyadorlar huquqi muhofazasini oshirish;
- Boshqa xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash;
- Yer uchastkalari ajratish va elektr tarmoqlariga ulanishdagi muammolarni bartaraf etish;
- Daromad hajmini, xodimlar sonini to‘liq e'lon qilish;
- Korrupsiyaga qarshi kurashish - institutsiyaviy o‘zgarishlar kiritish;
- Xususiy sektorning yanada faolroq ishlashi uchun tegishli qonun va hujjatlarni o‘zgartirish;
- Logistika bilan bog‘liq chora-tadbirlarni qo‘llash;
- Maxsus Investitsiya kengashlarini tuzish;
- Davlat korxonalari va idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish;
Bularning bari O‘zbekistonda investitsiya muhitini yanada yaxshilash uchun shart-sharoit yaratadi, deydi Bennett.
Mavzuga oid
17:59 / 20.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarining xorijdagi kompaniyalar aksiyalarini sotib olishi osonlashadi
21:24 / 17.06.2026
O‘zbekiston investitsiyaviy salohiyatini izchil oshirib bormoqda - Saida Mirziyoyeva
20:58 / 16.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
18:04 / 16.06.2026