Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimpiya chempioni murabbiyiga 20 ming dollar mukofot puli beriladi
Vazirlar Mahkamasining 30.10.2017 yildagi 878-son «Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O‘zbekiston sportchilari va ularning trenerlarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e'lon qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Hujjat bilan:
• Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga to‘lanadigan umrbod oylik to‘lovlar to‘lash;
• Yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlagan murabbiylarga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotlarini berish;
• Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlarining salomatligini sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi.
Eslatib o‘tamiz, nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan sportchilarni va ularning murabbiylarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari Prezidentining 10.08.2017yildagi PQ–3196-son qarorida belgilangan edi.
Olimpiyachilarga to‘lovlar
Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar – O‘zbekiston fuqarolari arizalari qondirilgan taqdirda quyidagi miqdordagi to‘lovlarni har oyda olishadi:
• oltin medal uchun – EKIHning 10 baravari;
• kumush va bronza medallari uchun – EKIHning 5 baravari.
To‘lovlarni olish uchun sportchilar har yili 1 dekabrga qadar Davlat sport qo‘mitasiga belgilangan shakldagi ariza, pasport nusxasi hamda O‘yin g‘olibi yoki sovrindorning diplomi nusxalarini topshirishlari zarur. Sportchilarning arizalari Davlat sport qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi bajarilishini muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. To‘lovlar Komissiya taqdimnomasiga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi.
To‘lovlar quyidagi holatlarda bekor qilinadi:
• O‘zbekiston fuqaroligidan chiqarilganda yoki sport musobaqalarida boshqa davlat nomidan ishtirok etganda;
• Butunjahon antidoping tashkiloti (WADA) tomonidan taqiqlangan dori vositalari qo‘llagani aniqlanib, Olimpiya va Paralimpiya g‘olib va sovrindorligidan mahrum etilganda;
• sud qaroriga muvofiq ozodlikdan mahrum etilganda;
• sportchi vafot etganda.
Murabbiylarga to‘lovlar
1.01.2018 yildan boshlab nufuzli xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan sportchilarning murabbiylariga bir martalik pul mukofotlari beriladi.
Olimpiyachilarni sanatoriylarda sog‘lomlashtirish
Olimpiya va paralimpiya g‘oliblari hamda sovrindorlari har yili o‘zlariga qulay bo‘lgan vaqtda O‘zbekiston sanatoriylarida sog‘lomlashtirish kurslaridan bepul o‘tishlari mumkin. Buning uchun ular 1 sentabrga qadar Davlat sport qo‘mitasiga quyidagilarni topshirishlari zarur:
• belgilangan namuna bo‘yicha ariza;
• pasport va O‘yinlar g‘olibi yoki sovrindori diplomlari nusxalari.
Sog‘lomlashtirish yo‘llanmalari davolash-profilaktika muassasalari tomonidan sportchini bepul dispanserizatsiyalash natijasiga ko‘ra aniqlanadi. Bunda sportchilarga "standart" yotoqxonalardan joy beriladi. Qo‘shimcha xizmatlar – o‘z hisobidan. Nizomda sportchilarni sanatoriyga yo‘naltirishning batafsil sxemasi keltirilgan.
Hujjat 31.10.2017 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
12:54 / 14.03.2026