O‘zbekiston | 08:30 / 08.11.2017
31505
5 daqiqa o‘qiladi

Prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti 2017 yil 1 noyabr kuni «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba'zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlar tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida,, 2017 yil 31 iyuldagi PQ-3166-sonli qaroriga muvofiq:

1.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2009 yil 1 dekabrdagi PQ-1236-sonli qaroriga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritildi.

2.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.

3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari J.Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi A.Ahmadxo‘jayev zimmasiga yuklandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2009 yil 1 dekabrdagi PQ-1236-sonli qaroriga kiritiladigan o‘zgartirishlar: 

a) 1-bandining ikkinchi xatboshidagi «Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida tuzilgan kontraktlar va shartnomalarni» so‘zlari chiqarib tashlandi;
b) 3-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi;
v) 1-ilovaning:
2-bandi uchinchi xatboshidagi «Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida tuzilgan kontraktlar va shartnomalarni» so‘zlari chiqarib tashlandi;
«a»-kichik bandining uchinchi xatboshi, 7-bandning «b»-kichik bandi to‘rtinchi, beshinchi va sakkizinchi xatboshilari chiqarib tashlandi;
18-bandidagi «Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida tuzilgan shartnomalar (eksport-import kontraktlari)» so‘zlari chiqarib tashlandi;
19-bandidagi «hamda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida tuzilgan shartnomalarni bajarish» so‘zlari chiqarib tashlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan ayrim hujjatlari ro‘yxati:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2007 yil 12 noyabrdagi PF-3937-sonli Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2007 yil 12 noyabrdagi PF-3937-sonli Farmoniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» 2009 yil 5 martdagi PF-4089-sonli Farmoni.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatdoshliligini yanada oshirish va tovarlarni respublikaga noqonuniy olib kirishga qarshi kurashni kuchaytirish to‘g‘risida» 2013 yil 29 yanvardagi PQ-1913-sonli qarorning 7- va 8-bandlari.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida» 2009 yil 1 dekabrdagi PQ-1236-sonli qaroriga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida» 2013 yil 8 apreldagi PQ-1949-sonli qarori.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘simliklarni himoya qilish va qishloq xo‘jaligiga agrokimyoviy xizmatlarni ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2016 yil 24 oktabrdagi PQ-2640-sonli qarorining 8-bandi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Tashki savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish chora- tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 13 apreldagi PQ-2887-sonli qarorining 1- va 2-ilovalaridagi «Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi direksiyasi» bloki.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat mulki obektlarini sotish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 16 iyundagi PQ-3067-sonli qarori 2-ilovasining 85-pozitsiyasi.

Mavzuga oid