O‘zbekiston | 12:40 / 09.11.2017
4639
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov ShHT bosh kotibi bilan uchrashdi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

2017 yilning 8 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatga tashrif buyurgan Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Rashid Alimov bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bergan.
 
ShHT bosh kotibi 2017 yil 10-11 noyabr kuni Samarqand shahrida BMT shafeligida bo‘lib o‘tadigan «Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik» mavzuidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.

Suhbat davomida xalqaro forum kun tartibi hamda ShHT va ShHT organlarining Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta'minlash masalalarini hal qilishdagi ishtirokining amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda ShHTni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Mavzuga oid