Yevropa ittifoqi bilan imzolangan Kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik bitimi ustida uzoq yil işlandi. Prezidentning taşqi siyosat böyiça maslahatçisi – Abdulaziz Komilovga köra, 1996 yilda Florensiyada imzolangan xuddi şunday şartnoma kutilganidek natijalarga erişmadi. Bu galgi bitim, taşqi siyosatning diversifikatsiya bölayotgani – xavfsizlik poydevorini ham yaratib beradi.

Prezident Mirziyoyevning Bryusselga taşrifi asosiy natijalaridan biri – Özbekiston va Yevropa ittifoqi örtasida uzoq kutilgan Kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik bitimining imzolangani böldi. Xuddi şunday şartnoma aslida bundan qariyb 30 yil avval, 1996 yilda Italiyaning Florensiya şahrida ham imzolangan. Biroq, oldingi ma’muriyatlar davrida muloqot mavzulari özgarib ketdi, Markaziy Osiyoda ham vaziyat özgardi.

Özbekiston prezidentining taşqi siyosat böyiça maslahatçisi – Abdulaziz Komilov fikriça, aynan öşa hujjat kutilganidek samara bermadi.

“Bugungi voqeani baholamoqçi bölsak, avvalambor geosiyosat nuqtayi nazardan qaraşimiz kerak. Bu 1-2 davlat emas, butun Yevropa. YaIM qariyb 20 trln dollarga yetadi, bu juda katta körsatkiç. Avvalambor, iqtisodiy nuqtayi nazardan, zamonaviy texnika-texnologiya nuqtayi nazaridan va xavfsizlik böyiça aniq natijalarga erişadigan bölyapmiz. Gap şartnomaning özida emas, avvalambor bizning Yevropa bilan aloqalarimiz tiklandi” – deydi Komilov.

Sobiq taşqi işlar vazirining qöşimça qilişiça, bu bitimning imzolanişi, taşqi siyosatning diversifikatsiya bölayotgani – xavfsizlikning poydevorini ham yaratib beradi.

“Mana bir neça yil oldin bizni turli davlatlar, ayniqsa blogerlari tanqid qilardi – sizlar köp vektorli siyosat olib boryapsizlar deb. Mana sizga köp vektorli siyosatning natijasi”, deydi Abdulaziz Komilov.

Bundan taşqari, Yevropa ittifoqining Özbekiston bilan işlaşdan pragmatik manfaatlari bor. Ayni geosiyosiy vaziyatda – Xitoy, Rossiya, Hindiston va Pokiston, Afğoniston omillari hisobga olinsa – Markaziy Osiyo yuragida joylaşgan Özbekiston bilan işlaşdan Yevropa birdek manfaatdor böladi.

“Hozir heç kim özidan-özi sizga sarmoya olib kelay deb iltimos qilmaydi. Yevropaning manfaatlari bor va bu juda aniq. Katta davlatlar orasida rostdanam raqobat bor, şu nuqtayi nazardan Yevropa ittifoqi prezident hamda uning siyosatiga işonmoqda”,  - deya ta’kidladi Komilov.