Jahon | 23:55 / 09.11.2017
21790
1 daqiqa o‘qiladi

Mayk Tayson Chiliga kiritilmadi

Foto: AP Photo / Gene J. Puskar

Afsonaviy bokschi Mayk Tayson 9 noyabrda Chiliga bu mamlakat qonunchiligini buzgani sababli kiritilmadi. Bu haqda mamlakat politsiyasi xabar berdi. 

“Xalqaro politsiya detektivlari Mayk Taysonni xorijliklar haqidagi qonunni bajarmagani uchun orqaga qaytarib yuborishdi”, deb aytilgan Chili politsiyasining tvitterdagi xabarida.

Tayson 2007 yilda AQShda giyohvand moddalar saqlagani va giyohvand moddalar ta'sirida mashina haydagani uchun 24 soatlik qamoq jazosiga va 3 yillik sinov muddatiga tortilgandi. Chilining xorijliklar haqidagi qonuniga ko‘ra, bu mamlakat o‘z davlatida yuqoridagi kabi qonunbuzarliklarni amalga oshirgan yoki jazolarga tortilgan odamlarga o‘z hududiga kirishni ta'qiqlashga haqli.

Tayson Chilida mahalliy telekanallardan biri tomondan tashkillashtirilgan tadbirda ishtirok etishni rejalashtirgan edi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid