Jahon | 15:30 / 09.11.2017
8968
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada vizasiz migrantlardan barmoq izlari olinishi mumkin

Foto: TASS

Rossiya Ichki ishlar vazirligi Rossiya Federatsiyasi bilan vizasiz rejimga ega bo‘lgan mamlakatlardan kelgan migrantlardan barmoq izlarini olish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda Davlat dumasidagi hukumat soati paytida nutq so‘zlagan Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsev aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda RBK.

«Rossiyaga 30 kundan ortiq muddatga vizasiz rejimda bo‘lgan davlatlardan kelgan barcha xorijliklarning barmoq izlari va suratlarini olish rejalashtirilgan», - dedi u. Ayni paytda mahkama, vazirning aniqlik kiritishicha, qonunchilikka tegishli o‘zgartishlarni ishlab chiqmoqda. 

«Bir qator qonun loyihalari tayyorlanmoqda, ulardan biri migratsiya hisobiga soxta qo‘yish imkoniyatini bartaraf etishga qaratilgan», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Kolokoltsev. Vazirlik tashabbusi bo‘yicha, shuningdek, «qabul qiluvchi tomonga xorijlik chiqib ketganidan keyin uni hisobdan olish huquqini berish rejalashtirmoqda». 

Vizasiz mamlakatlardan kelgan xorijliklarning daktiloskopiyasi migratsiya qonunchiligini buzganlarni aniqlash imkonini beradi, deya ma'lum qilgan migratsiya qonunchiligi bo‘yicha mutaxassis Rustam Qosimov RBK’ga. Uning so‘zlariga ko‘ra, daktiloskopiya Rossiya Ichki ishlar vazirligining Migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi tomonidan migratsion patent, vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma va yashash huquqini beruvchi ruxsatnoma olish uchun hujjatlar topshirilganda amalga oshirilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid