Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Saudiya valiahd shahzodasini islom haqidagi so‘zlari uchun tanqid qildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonni o‘z mamlakatini o‘rtamiyona islomga qaytarish istagi haqidagi so‘zlari uchun tanqid qildi.
Avvalroq shahzoda ekstremistik g‘oyalarga chek qo‘yib, mamlakatni o‘rtamiyona islomga qaytarmoqchiligini aytgan.
“Islom o‘rtamiyona yoki o‘rtamiyonamas bo‘la olmaydi. Islom bittadir. Oxirgi vaqtda o‘rtamiyona islom tushunchasiga katta e'tibor qaratilmoqda. Ehtimol bu g‘oyani aytgan odam uni o‘ziga tegishli deb o‘ylasa kerak. Biroq bu g‘oya G‘arbda paydo bo‘lgan”, deb aytdi Erdo‘g‘an Anqarada ayol tadbirkorlar oldidagi nutqida.
Erdo‘g‘an undan o‘rtamiyona islom haqida ko‘p yillar avval Yevroparlament yig‘ilishlarida so‘rashgani haqida eslab o‘tgan. “Hozir ular yana bu g‘oyani ilgari surishmoqchi. Ular haqiqatan ham islomni zaiflashtirishmoqchi. Biz odamlar islom haqida xorijiy manbalardan bilishlarini istamaymiz”, deb qo‘shimcha qilgan Turkiya prezidenti.
Mavzuga oid
20:50 / 16.05.2026
Fransiya Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasiga qarshi tergov boshladi
20:52 / 25.03.2026
Saudiya yetakchisi Trampni Erondagi urushni davom ettirishga undamoqda – New York Times
22:06 / 21.11.2025
«Buyuk do‘st» va trillionlar. Muhammad bin Salmonning AQShga tashrifi qanday o‘tdi?
19:28 / 20.11.2025