Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkish Airlines aviakompaniyasining daromadlari rekord qiymatlarga yetdi
Turkiyaning Turkish Airlines aviakompaniyasi 2017 yil 3-choragida o‘z tarixida birinchi marta sof daromad bo‘yicha rekord ko‘rsatkichlarga erishdi.
Aviakompaniya hisobotida aytilishicha, uning 2017 yil 3-choragidagi sof daromadi 939 mln dollarni tashkil qilgan. Bunday yuqori natija birinchi navbatda yil boshidan beri qo‘llanib kelinayotgan moliyaviy intizom bilan bog‘langan.
Ko‘rsatilgan davr ichida aviakompaniyaning operatsion daromadi 956 mln dollarni tashkil qilgan. 3-chorakda kompaniyaning ham yo‘lovchi, ham yuk tashishdan oladigan daromadlari oshgan.
Turkish Airlines’ning 3-chorakdagi umumiy daromadi 23 foizga oshib, 3,6 mlrd dollarga yetgan.
Aviakompaniyaning 3-chorakdagi daromadi soliqlar hisobga olinmaganda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 90 foizga oshib, 1,5 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Shu tariqa aviakompaniya dunyoning eng serdaromad aviakompaniyalaridan biri sifatidagi mavqeini saqlab qolishga erisha oldi.
Mavzuga oid
15:55 / 13.05.2025
Turkiya aviakompaniyalari samolyot to‘xtashidan oldin o‘rnidan turganlarni jarimaga tortadi
12:10 / 25.01.2025
Turkish Airlines 13 yildan so‘ng Suriyaga parvozlarini qayta tikladi
15:52 / 26.12.2024
Samarqandda “Turkish Airlines” aviakompaniyasi ekipaj a’zosi bojxona nazoratidan jangovar o‘q-dori olib o‘tishga urindi
00:48 / 23.11.2024