Jamiyat | 10:08 / 11.11.2017
29830
1 daqiqa o‘qiladi

Chili ortidan Argentina ham Mayk Taysonni qabul qilishni istamadi

Foto: EPA

Argentina afsonaviy bokschi Mayk Taysonni o‘z hududiga kiritishni istamadi, deb yozmoqda Clarín nashri. Argentina migratsiya xizmati sportchi sudlanganlikka ega bo‘lgani sababli uni mamlakatga kiritishga ruxsat bermagan. Mamlakatning yangi qonunchiligiga ko‘ra, boshqa davlatlarda sodir etilgan jinoyatlar uchun sudlangan xorijliklar Argentinaga kiritilmasliklari mumkin.

Tayson nomusga tegish, giyohvand moddalarni saqlash va qabul qilish uchun bir nechta sudlanganlikka ega. 

Avvalroq Tayson xuddi shu vajlar bilan Chiliga kiritilmagandi. U Chili poytaxti Santyagoga kinomukofotlar topshirilishi marosimida ishtirok etish uchun ketayotgan bo‘lgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid