Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mo‘'jiza ortidan quvib: Gretsiya yirik g‘alabaga urinib ko‘radi
JCh-2018da ishtirok etishi aniq bo‘lib ulgurgan 26 terma jamoa nomi ma'lum. Bugun ularning safiga yana ikki Ko‘hna qit'a vakillari ham qo‘shiladi. Aslida amaliy jihatdan yo‘llanmani naqd qilib qo‘ygan terma jamoalar bugun uni rasmiylashtirishga urinsa, raqib mo‘'jiza sodir etishga urinadi. Ana shunday uchrashuvlardan biri:
Gretsiya – Xorvatiya
Stadion: «Georgios Karaiskakis» (Pirey)
Boshlanish vaqti 13 noyabrga o‘tar kechasi, 00:45:
Bosh hakam: Byorn Kuypers (Niderlandiya).
Yuqorida aytib o‘tganimizdek Gretsiya Xorvatiya javob uchrashuvini ko‘pchilik shunchaki rasmiyatchilik uchun o‘tkazilishini ta'kidlashmoqda. Sababi Zagrebdagi «Maksimir» stadionida kechgan birinchi uchrashuvda Zlatko Dalich shogirdlari raqiblaridan bir bosh ustun ekanliklarini ko‘rsata olgan va yirik 4:1 hisobida zafar quchishgandi. Yunonlarga bunday katta farqni yo‘qqa chiqarish juda qiyin bo‘ladi – umuman buni uddalashning imkoni bormi-yo‘qmi bu ham masala. Sababi birinchi o‘yindayoq ular raqibdan ancha kuchsiz ekanliklarini ko‘rsatib qo‘yishdi.
Birinchi uchrashuvda Modrich, Kalinich, Perishichning birinchi va Kramarichning ikkinchi bo‘limda kiritgan gollariga Papastatopulos yagona gol bilan javob qaytardi. Ammo bu yirik mag‘lubiyatdan qutulib qolish uchun yetarli bo‘lmagandi.
Uchrashuv oldi qiziqarli faktlar:
Jahon chempionatlari saralashining pley-off bosqichida hech bir terma jamoa shu kunga qadar 1:4 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng, ushbu natijani yo‘qqa chiqarib, keyingi bosqichga o‘ta olmagan.
Bu ikki jamoaning o‘zaro so‘nggi 4 uchrashuvida xorvatlar va greklar bittadan g‘alabani qo‘lga kiritishgan, shuningdek ikki uchrashuvda durang qayd etilgan.
So‘nggi 3 uchrashuvning faqat bittasida Gretsiya 3 terma jamoasi uch yoki undan ortiqroq gol kiritishning uddasidan chiqqan.
Taxminiy tarkiblar:
Gretsiya: Karnezis, Papastatopulos, Dzavellas, Manolas, Retsos, Taxtsidis, Xristodulopulos, Tsiolis, Zeka, Fortunis, Mitroglu.
Xorvatiya: Subashich, Lovren, Vrsalko, Vida, Strinich, Rakitich, Kramarich, Modrich, Perishich, Brozovich, Kalinich.
Mavzuga oid
08:22 / 06.06.2026
Ukraina Gretsiyaga diplomatik izoh berdi
09:00 / 22.05.2026
Abdulaziz Komilov Xorvatiya bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
09:41 / 06.04.2026
Xorvatiya o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun eshiklarni ochishi mumkin
11:15 / 17.02.2026